Uz Ru En
Asosiy / Bilish muhim

BILISH MUHIM

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi haqida

MA'LUMOT

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida yoshlar siyosati soxasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash yuzasidan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan va xorijiy mamlakatlarda o'qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek jamiyatda o'z o'rnini topishiga ko'maklashish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etildi.

 

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

 

  • Tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan o'zbekistonlik yoshlarning muammolari va intilishlarini tahlil etish;
  • xorijiy davlatlarga ta'lim olish hamda mehnat qilish uchun chiqib ketgan va chiqishni rejalashtirgan o'zbekistonlik yoshlar uchun turkum qo'llanmalar tayyorlash;
  • xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan barcha o'zbekistonlik yoshlar to'g'risida ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ular bilan aloqa o'rnatilishiga erishish;
  • xorijiy davlatlarda istiqomat qiluvchi etuk o'zbekistonlik mutaxassislarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat ahamiyatiga molik loyihalarga, yosh mutaxassislarni tanlov asosida vazirlik va idoralarga hamda oliy ta'lim muassasalariga jalb etish;
  • xorijiy davlatlardagi o'zbekistonlik yoshlar o'qiyotgan ta'lim muassasalari, mehnat qilayotgan korxona va tashkilotlarning manzillari, telefon raqamlari bo'yicha ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
  • internet tarmog'ida kunu-tun ishlaydigan veb-portal, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish hamda ular orqali xorijga chiqib ketgan va chiqishni rejalashtirgan yoshlar uchun xizmatlar ko'rsatilishini, shuningdek, maslahatlar berib borilishini yo'lga qo'yish;
  • Assotsiatsiyaning xorijiy davlatlardagi faoliyatini o'zbek yoshlari ko'pchilikni tashkil etadigan mamlakatlarda O'zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yordamida yo'lga qo'yish;
  • xorijdagi yoshlarimizni O'zbekiston tarixi, madaniyati, o'zbek tili va adabiyoti, buyuk ajdodlarimizning boy madaniy merosi hamda dunyo tamadduniga qo'shgan hissasi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirib borish;
  • taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar, kontsert dasturlari, festivallar, badiiy va adabiy kechalar tashkil etish orqali xorijdagi yoshlarimizda vatanparvarlik, yurt bilan faxrlanish tuyg'ularini shakllantirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish;
  • yoshlarga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari natijasida ro'y berayotgan o'zgarishlar, qulay tadbirkorlik muhiti hamda yaratilayotgan ish o'rinlari haqida axborot berib borish, chet eldan qaytib kelgan yoshlarning jamiyatga moslashishida va o'z o'rnini topishida ko'maklashish;
  • yoshlarni turli tahdidlar (ekstremizm, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi va boshqalar)dan himoya qilishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunday salbiy holatlarga tushib qolgan va uning qurboniga aylangan o'zbekistonlik yoshlarga huquqiy va psixologik yordam ko'rsatish;
  • xorijiy mamlakatlarga uyushtiriladigan oliy va yuqori darajadagi tashriflar, shuningdek, boshqa xizmat safarlari davomida O'zbekiston vakillarining Assotsiatsiyaning xorijdagi vakolatxonlari faollari bilan uchrashuvlarini tashkil etib borish hamda boshqa qator chora-tadbirlarni amalga oshirish.

! Bugungi kunda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasida, Rossiya Federatsiyasida, Germaniya Federativ Respublikasida, Turkiyada, Yaponiyada, Janubiy Koreyada, Belorussiyada, Belgiyada, Buyuk Britaniyada, Misrda, Latviyada, Qozogʻistonda va Ukrainada vakillari faoliyat yuritib kelmoqda.