Uz Ru En

KARYERA KO'PRIGI

karyera ko'prigi

"Karyera ko'prigi" loyihasi 2019 yil fevral oyida boshlangan. Mazkur loyihani o'tkazishdan asosiy maqsad xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va o'qishni tomamlab O'zbekistonga qaytib kelgan o'zbekistonlik yoshlarimizni O'zbekistonning vazirlik, idora, tashkilot va xususiy korxonalarida mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida xabardor qilish, bu sohada amalga oshirilayotgan islohatlar yuzasidan fikr almashish va ularni ish bilan ta'minlashda yordam ko'rsatishdan iborat. Agar siz xorijiy oliy ta'lim muassasani tamomlagandan so'ng O'zbekistonda ish topishda qiyinchiliklarga duch kelgan bo'lsangiz, unda bu loyiha Siz uchun! "Bo'sh ish o'rinlari" tugmachasini bosish orqali ma'lumotnomezni (rezyumeni) yuboring, keyin sizga to'g'ri kelgan vakansiyani tanlang, paydo bo'lgan bo'sh shaklda ma'lumotingizni to'ldiring va "Ma'lumotnomani yuborish" tugmachasini bosing.