Uz Ru En

XORIJDA TA'LIM OLISH

Asosiy / XORIJDA TA'LIM OLISH

Toshkent-Seul-Toshkent yo’nalishi bo’yicha navbatdagi aviaqatnovlar sanasi tasdiqlandi

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Toshkent-Seul (Incheon aeroporti) yo‘nalishi bo‘yicha Janubiy Koreyaga kirish uchun amaldagi ruxsatnomaga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolarini tashish imkoniyati mavjud bo‘lgan navbatdagi qatnovlar sanasi tasdiqlanganini eʼlon qildi.

«Uzbekistan Airways» manbasiga ko‘ra, qatnovlar joriy yilning 28-yanvar va 2-fevral kunlari amalga oshiriladi.

Shu kungi qatnovlarda yo‘lovchilardan Toshkent-Seul yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi viza bilan xorijiy fuqarolarni tashish amaldagi kirish vizasining mavjudligi (2020-yil 5-aprelgacha berilgan S turdagi vizalar bundan mustasno) va Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan laboratoriyalarning biri tomonidan uchish sanasidan 72 soatdan oshmagan vaqt davomida berilgan PZR usuli bilan olingan Covid-19 uchun salbiy test natijasi talab etiladi. Maʼlumotnoma Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Shuningdek, mazkur sanalarda Toshkentdan Incheon aeroporti orqali uchib ketadigan tranzit yo‘lovchilarni tutash vaqti 24 soatdan kam bo‘lgan, Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan PZR test maʼlumotnomasi bo‘lishi sharti bilan uchinchi mamlakatlarga tashish imkoniyati mavjud.

So‘nggi manzil yoki undan keyingi tranzit mamlakatlariga kirish qoidalariga rioya qilish uchun javobgarlik tranzit yo‘lovchilar zimmasiga to‘liq yuklatiladi.

Boshqa kunlari rejalashtirilgan qattnovlar uchun (2021-yil 21-yanvar, 4-fevral va 18-fevral) avvalgi cheklovlar amal qiladi. Yaʼni Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan PZR-test maʼlumotnomasiga ega faqat Koreya Respublikasi fuqarolari va F-5, F-6 vizalari bo‘lgan chet el fuqarolari qatnovlarga qo‘yiladi.

Ushbu qatnovlarda tranzit yo‘lovchilarining tashuvi amalga oshirilmaydi.

«Koreya Respublikasiga kelgandan so‘ng, barcha yo‘lovchilar PZR-test topshirishlari va yashash joylarida 14 kunlik karantinda bo‘ladilar. Aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar o‘z mablag‘lari hisobidan maxsus davlat karantin muassasalarida o‘zini izolyatsiya qilishlari shart», deyiladi «Uzbekistan Airways» xabarida.