
Musofir
XAYRIYA
“MUSOFIR” xayriya loyihasi — xorijda mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, kelib tushgan xayriya mablagʻlaridan ijtimoiy himoyaga muhtoj vatandoshlarimiz uchun moddiy yordam koʻrsatish. Hamda, 15 sentyabr 2020 yildagi PQ-4829-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorini ijrosini taʼminlash.
Loyihaning maqsadlari:
- xorijdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj vatandoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash;
- xorijdagi va mahalliy tashkilotlar hamda moliyaviy barqarorlikka ega fuqarolardan kraudfanding usuli orqali xayriya mablagʻlarini jalb qilish tizimini yoʻlga qoʻyish;
- yoshidan qatʼiy nazar fuqarolar orasida xayriya madaniyatini rivojlantirish.
Loyihaning asosiy vazifalari:
- xorijda ijtimoiy himoyaga muhtoj vatandoshlarimizni aniqlash;
- xorijdagi va mahalliy tashkilotlar hamda moliyaviy barqarorlikka ega fuqarolarimiz maʼlumotlar bazasini yaratish;
- Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining vakillari orqali xayriya faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar tajribasini oʻrganish;
- “MUSOFIR” xayriya loyihasining shaffofligini taʼminlash.
Yaxshilik qiling
Xayrli ishga o‘z hissangni qo‘sh

Xayriya mablag`lari
1244804 so`mBizning faoliyatimiz raqamlarda

0
Joriy oy uchun xayriya mablag'lari
To'lovlar
Onlayn tarzda “MUSOFIR” xayriya loyihasiga o'tkaziladigan to'lovlar
Miqdor | Sana | Eslatma |
---|