Uz Ru En
Fotogalereyaga qaytish

Koreyada o`tkazilgan futbol turniridan fotojamlanma;

18-avgust Seul shahrida Oʻzbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasi Koreya vakolatxonasi (OʻYUA) va Oʻzbekistonning Koreyadagi elchixonasi hamkorlikda Mustaqilligimizning 28 yillik munosabati bilan yosh vatandoshlar o'rtasida “Doʻstlik mini-futbol kubogi” turniri tashkil etildi.

Turnirning asosiy maqsadlari vatandoshlarni bir joyga jamlagan holda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, oʻzaro muloqot oʻrnatishdan iboratdir.

Turnirda 3 ta guruh va har bir guruhda 3 tadan jamoa boʻlib, birinchi bosqichda 9 ta jamoa oʻzaro kuch sinashishdi va final bosqichiga FC Ovoza va Sejong jamoalari yetib kelishdi. Yakunda esa FC Ovoza jamoasi 1:0 hisobda Sejongliklarni magʻlub etdi va OʻYUAning maxsus kubok va homiylarning sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Oʻyin natijasiga koʻra, “Eng zoʻr oʻyinchi”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng koʻp topurar” kabi nominatsiyalar ham aniqlanib, ular ham homiylar tomonidan munosib taqdirlanishdi. Oʻyinni esa Ekvador, Angola va Eron millatidan boʻlgan 3 ta hakamlar hayʼati boshqarib bordi.

OʻYUA jamoasi Futbol turnirini tashkil qilishda yaqindan yordam bergan homiylar: Hanpass Remittance va Bobsing advokaturasiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.