Uz Ru En
Fotogalereyaga qaytish

“O‘zbek-afg‘on” do‘stlik oromgohi tashkil etildi

2019 yil 20 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan Xalqaro yoshlar oromgohida “O‘zbek-Afg‘on” do‘stlik oromgohi o‘z ishini boshladi. Mazkur forumda jami 21 nafar Afg‘oniston Islom Respublikasida istiqomat qilayotgan etnik o‘zbek talabalar va Yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etishdi. Forumning dastlabki kuni ishtirokchilar O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamda Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan Termiz tumani va Xayraton chegara hududida kutib olindi. Yoshlar markazida afg‘on yoshlari uchun O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida taqdimotlar, yoshlar tashkiloti vakillari ishtirokida hamkorlik loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.