Uz Ru En
Fotogalereyaga qaytish

Afg'onistondagi etnik o'zbeklar uchun "Tinchlik uchun" xalqaro xayriya aktsiyasi o'tkazildi

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Afg'oniston Islom Respublikasida yashovchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 1 sentyabrida 1 oktyabrigacha bo'lgan muddatda “Tinchlik uchun” xalqaro xayriya aktsiyasini amalga oshirishni boshladi. “Ezgulikka hissangni qo'sh!” shiori ostida o'tkazilgan aktsiyaning asosiy vazifasi Afg'onistondagi ota-ona qaramog'isiz qolgan, og'ir sharoitlarda yashayotgan etnik o'zbeklar va afg'on yoshlarning muammolariga keng jamoatchilik e'tiborini qaratish hamda ularni qo'llab-quvvatlashdan iborat bo'lgan. Aktsiya doirasida yig'ilgan gumanitar yordamni “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati hamda O'zbekiston Respublikasining Afg'oniston Bosh konsulxonasi tomonidan Mozori-Sharif shahriga etkazib berishda amaliy yordam ko'rsatildi.