Uz Ru En
Fotogalereyaga qaytish

Navoiyda “Tinchlik uchun” xalqaro xayriya aksiyasi ko`tarinki ruhda oʼtkazildi

2019 yilning 20-sentabr kuni O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamda Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi hamkorligida Navoiy shahar “Yoshlar markazi”da “Ezgulikka hissangni qo‘sh!” shiori ostida “Tinchlik uchun” xalqaro xayriya aksiyasi tashkil etildi. Aksiyada Navoiy shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonining 400 nafardan ortiq harbiy xizmatchilari, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etdi. Shuningdek, aksiya doirasida kitoblar ko‘rgazmasi, konsert dasturi tashkil etildi. Xayriya aksiyasi natijasida ko‘ngillilar tomonidan 60 dona lotin grafikasidagi o‘zbek tilidagi badiiy adabiyot namunalari, o‘quv darsliklari va 40 dona o‘quv qurollari hadya qilindi.