Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / “Life abroad” (“Xor..
Asosiy saxifaga qaytish

“Life abroad” (“Xorijdagi hayot”)

10.06.2019 10:06

30  - 31-may kunlari Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Samarqand viloyatining Narpay, Oqdaryo, Kattaqoʻrgʻon tumanlari va Kattaqoʻrgʻon shahrida “Life  abroad” (“Xorijdagi hayot”) nomli loyihasini amalga oshirdi.

Tadbirning asosiy maqsadi xorijga joʻnab ketayotgan yoshlarimizning huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlarni yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar (firibgarlik, tovlamachilik va h.k) haqida maʼlumot berish.

   Tadbirning birinchi kuni, Narpay tumanida joylashgan Oqtosh tadbirkorlik va servis kasb-hunar kolleji binosida mehnat faoliyatini olib borish uchun hamda taʼlim olish maqsadida xorijga joʻnab ketmoqchi boʻlgan yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Taqdimotdan soʻng talabalar va mehnat muxojirlari bilan ochiq muloqot uyushtirildi.

Loyixaning ikkinchi kuni Kattaqoʻrgʻon shahridagi yoshlar bilan uchrashuvda erkin tarzda savol-javoblar boʻlib oʻtdi.  Yoshlarimiz diplom nastrifikatsiyasiga oid boʻlgan, Rossiya Federatsiyasidagi oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun qanday hujjatlar topshirilishi borasidagi savoliga  javob olishdi.

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring