Асосий / Янгиликлар / Migratsiya va fuqaro..
Асосий сахифага қайтиш

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi sayti ish boshladi

08.09.2019 01:09

Virtual qabulxona boʼlimi orqali fuqarolar oʼzlarini qiziqtirgan masala, shikoyat va takliflarini IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʼlimlariga toʼgʼridan-toʼgʼri yoʼllashlari mumkin.

Oʼzbekistonda Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining rasmiy sayti ishga tushirildi. Bu haqda UZINFOCOM kompaniyasi – portal yaratuvchisi xabar qildi.

Mazkur sayt Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi faoliyatini ochiqlik va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga Oʼzbekistonda boʼlish tartibi hamda fuqarolarning mamlakatdan chetga chiqish uchun viza stikerlarini rasmiylashtirish tartibi bilan tanishtirish va maʼlumot berish maqsadida joriy etilgan.

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар