Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Rossiyada 26 mingdan..
Asosiy saxifaga qaytish

Rossiyada 26 mingdan ortiq o'zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda

11.09.2019 11:09

Bundan 7,1 ming o`zbekistonlik o'quvchi Rossiyada byudjet asosida ta'lim oladi. 
Rossiya Federatsiyasining universitetlarida 26 mingdan ortiq o'zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda, deb xabar beradi Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta'lim vazirining o'rinbosari Marina Borovskaya, RIA Novosti agentligiga.
O'tgan yil davomida ularning soni qariyb ming kishiga ko'paydi. "O'tgan yili Rossiyadagi oliy o'quv yurtlari o'zbekistonlik 26,5 mingdan ko'proq talabalarni o'qishga qabul qilishdi. 2017 yilda bu ko'rsatkich mingtaga kam edi", dedi Borovskaya.
Rossiya Federatsiyasining 491 ta universiteti akademik almashinuv doirasida o'z hamkasblarini O'zbekistonga yuborishga tayyor. Shuningdek, xalqaro akademik mobillik dasturlari doirasida Rossiyaning 99 universitetida 1,3 ming o'zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda.
Eslatib o'tamiz, Toshkentda Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning Fan va iqtisodiy qo'mitaning birinchi yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring