Асосий / Янгиликлар / O‘zbekistonlik MMAch..
Асосий сахифага қайтиш

O‘zbekistonlik MMAchi jangda olgan jarohatidan keyin vafot etdi

08.10.2019 12:10

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Bekzod Nurmatov Chechenistonning Grozniy shahrida o‘tkazilgan ACA 100 musobaqasidan so‘ng vafot etgan4-oktyabr kuni Nurmatov shu musobaqada mezbon Beslan Isayevga qarshi oktagonga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra yutqazgandi. Hozircha uning o‘limi sababi ma’lum emas. Xabarlarga ko‘ra, sportchi miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin.

 

O`zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi sportchining oilasi va yaqinlariga hamdardlik izhor qiladi.

Ma’lumot uchun, Bekzod Nurmatov MMA’dagi faoliyatini 2016 yilning dekabr oyida boshlagan. U respublika mudofaa tizimi vakili — kursant bo‘lgan. Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionligini ham qo‘lga kiritgan.

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар