Асосий / Янгиликлар / Moskvada o`zbekiston..
Асосий сахифага қайтиш

Moskvada o`zbekistonlik talabalar o`zbek milliy madaniyatini namoyish qildi

09.10.2019 14:10

I.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetida millatlararo birdamlik Festivali o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Rossiyadagi vakili Babajonov Bunyodbek xabar qildi.

10 dan ortiq millat vakillari ishtirok etgan  festivalda turli xalqlarning milliy taomlari, madaniyat va san'at namunalari namoyish qilindi. Rossiya, Malayziya, Xitoy, Tojikiston, Qozog'iston, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Iroq, Bahrayn, Quvayt, kabi 10 dan ortiq davlat vakillari qatorida o`zbek talabalari ham o`zbek milliy taomlari va san'at namunalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, “Xalqaro o'yinlar” intellektual viktorinasi o`tkazildi. Unda 6 jamoa ishtirok etadi. Festival konsert dasturi bilan yakunlanadi.


Turli millat vakillari tomonidan bir-birining urf-odatlarini o‘rganish, madaniyati va san'ati bilan tanishish ular o‘rtasida o‘zaro hurmatning oshishiga ham xizmat qiladi.

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар