Асосий / Янгиликлар / Oʼzbekistonlik tadbi..
Асосий сахифага қайтиш

Oʼzbekistonlik tadbirkorlar Belorussiyada "Tyubeteyka" - savdo tarmogʼiga asos solishdi

16.10.2019 14:10

Belorussiyada "Tyubeteyka" deb nomlanuvchi birinchi arzon kiyim-kechaklar doʼkonlari tarmogʼi 2017 yildan paydo boʼla boshladi. Minskda birinchi "Tyubeteyka" Kulman koʼchasidagi “Manej” savdo markazida ochilgan. Belarus OAV yozishicha, uning egasi oʼn yildan beri Belarusda yashab kelayotgan Oʼzbekiston fuqarosi. Bu yil doʼkon Komarovskiy bozori yaqinidagi "Zerkalo" savdo markaziga koʼchib oʼtdi.


Yaqinda belarus ommaviy axborot vositalarida belaruslik ayrim yakka tartibdagi tadbirkorlar oʼzbekistonlik tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan arzon kiyim-kechaklar doʼkonlaridan shikoyat qilishayotgani haqida xabar berishdi. Unda aytilishicha, belaruslik yakka tartibdagi tadbirkorlar oʼzbeklar tomonidan ochilgan doʼkonlardagi narxlarning pastligi oʼz mijozlarining yoʼqolishiga sabab boʼlayotganidan shikoyat qilishgan. 

 

Fuqarolik va migratsiya Departamenti savdo qilish boʼyicha ruxsatnomalarni tekshirganda oʼzbek tadbirkorlar tomonidan tuzib rasmiylashtirilgan ish taklifi toʼgʼrisidagi hujjatda oʼzbek tilini bilish kerak deb qayd etilgan. Departamentning fikriga koʼra, Belorussiyada oʼzbek tilini bilishga boʼlgan talab belarus tiliga boʼlgan diskriminatsiya deb qaralishi kerak deyilgan hujjatda. Ushbu vaziyat yuzasidan Belorussiyaning “Belsat” nashri tabdirkorlar bilan suhbatlashdi. Аmmo ular oʼzbek tadbirkorlari faoliyatiga nisbatan salbiy fikr bildirishmadi. Quyida ushbu fikrlarni eʼtiboringizga xavola qilamiz:

 

- Ha, ular bizga yaqin joyda ishlashadi. Ehtimol, kimdir ular tufayli mijozlarini yoʼqotib qoʼygandir, lekin men bu vaziyatda juda koʼp boʼrttirish bor deb oʼylayman. Men shaxsan ular haqida yomon gap aytolmayman. Ishlayverishsin. 

 - Ularning kiyimlari arzon, ammo sifati yomon. Odamlar ham ahmoq emaslar: ularni faqat narxi bilan jalb qila olmaysiz.

- Ehtimol Markaziy Osiyodan kelgan savdogarlarning baʼzi qonunbuzarlari bor, lekin umuman ular yaxshi ishlaydi.

 

Ishchilarning taʼkidlashicha, yaqinda Ichki ishlar vazirligi yoki boshqa nazorat organlari tomonidan kuchaytirilgan tekshiruvlar oʼtkazilmagan. "Tekshiruvlar bor, lekin odatiy shaklda", deydi respandentlardan biri.

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар