Асосий / Янгиликлар / Niderlandiyada oʼzb..
Асосий сахифага қайтиш

Niderlandiyada oʼzbek milliy taomlarini onlayn buyurtma qilish imkoni mavjud

02.11.2019 13:11

Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Belgiya Qirolligiga uyushtirgan xizmat safari davomida Niderlandiya Qirolligida faoliyat olib borayotgan “Oʼzbekistonlik vatandoshlar assotsiatsiyasi” diaspora vakili Аlbina Ravilevna bilan uchrashdi.

 

Oʼzbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasida o`tkazilgan uchrashuvda  Assotsiatsiyasi faoliyatiga oid maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, diaspora vakili Аlbina Leushuis tomonidan Niderlandiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz duch kelayotgan muammolarda berilayotgan yordam va Oʼzbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan amaliy ishlar toʼgʼrisida maʼlumot berildi. Niderlandiya Qirolligida mehnat faoliyatini olib bormoqchi boʼlgan xorijiy davlat fuqarolari ish joylariga vaqtinchalik roʼyhatdan oʼtganliklari toʼgʼrisida maʼlumot berishlari zarur va shu bilan bir qatorda vaqtinchalik roʼyhatdan oʼtish uchun ish joylaridan maʼlumot berishlari kerak. Vatandoshlarimizga, shu kabi muammolarni yechishda diaspora vakillari tomonidan amaliy yordam berib kelinmoqda.

 

Shuningdek, Oʼzbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish maqsadida va Niderlandiya fuqarolariga oʼzbek milliy taomlarini ta`tib koʼrish imkoniyatini beradigan “www.cateringinnederland.nl” veb-sayti ishlab chiqilgan. Ushbu sayt orqali o`zbek milliy taomlariga buyurtma berish imkoniyati mavjud.  

 

Uchrashuv soʼngida ikki tomon o`rtasida Niderlandiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning oʼzbek urf-odatlari va tilini unutmasligi uchun xizmat qiladigan hamkorlikdagi loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirildi.

 

Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati

 

 

 

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар