Асосий / Янгиликлар / Assotsiatsiya raisi ..
Асосий сахифага қайтиш

Assotsiatsiya raisi Latviyada Mirzo Ulug`bek haykaliga gulchambar qo`ydi

02.11.2019 15:11

O`zbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi elchixonasi, Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamda Latviya Respublikasida ta`lim olayotgan O`zbekistonlik yoshlar bilan Riga shahrining Kronvald istirohat bog`iga o`rnatilgan Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi  Mirzo Ulug`bek haykaliga gulchambar qo`yildi. Ushbu yodgorlik 2004 - yilda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning Latviyada davlat tashrifi bilan ochilgan edi. 

 

Ma`lumot uchun Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi O’zbekiston va Latviya o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1992 - yil oktyabr oyida o’rnatilgan. Latviya Elchixonasi Toshkentda 1992 - yilda ochilgan. O’zbekiston Elchixonasi esa Latviya poytaxti Rigada 1995 - yilda ish boshlagan. Bugungi kunda Latviyada tahsil olayotgan 1245 ta o`zbekistonlik  talaba konsulllik ro`yxatidan o`tgan.

 

Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар