Асосий / Янгиликлар / Germaniyada ekspertl..
Асосий сахифага қайтиш

Germaniyada ekspertlar axborot texnologiya sohasida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazadi

06.11.2019 19:11

2019 - yil 24 - noyabr kuni Germaniyaning Berlin shahrida “Oʼzbekistonda axborot texnologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari ekspertlar nigohida”mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tadi. Ilmiy-amaliy konferentsiya Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniyadagi vakilligi tashabbusi bilan Oʼzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida o`tkazilishi rejalashtirmoqda.

 

Konfirensiyada Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, “El-yurt umidi” jamgʼarmasi, axborot texnologiya sohasida faoliyat yurituvchi vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat delegatsiya aʼzolari, Germaniyaning nufuzli firma va kompaniyalarida axborot texnologiyalari yoʼnalishi boʼyicha ishlab, yutuqlarga erishayotgan Oʼzbekistonlik yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtiroki kutilmoqda. Konferentsiyaning maqsadi Oʼzbekiston iqtisodiyoti uchun samara beradigan investitsion loyihalar, ularning aniq yechimlari va amalga oshirish mexanizmlari, moliyalashtirish manbalari muhokama qilishdan iborat.
 

Tadbirda Germaniyada axborot texnologiyalari yoʼnalishida mehnat qilib, oʼz bilimi va toʼplagan tajribasi bilan yutuqlarga erishayotgan mutaxassislarning bugun jahonda, xususan, Yevropa davlatlarida ushbu sohaning rivoji, bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar va joriy etilayotgan yangiliklar, shuningdek, Oʼzbekistonda axborot texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish uchun eʼtibor qaratish zarur boʼlgan jihatlar toʼgʼrisidagi fikr-mulohazalari tinglanadi.

 

Konferentsiya doirasida Oʼzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Germaniyada taʼlim olayotgan va ishlayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot uyushtiradi. O`rkazilishi rejalashtirilayotgan Konferansiyadan dunyo davlatlari tajribasidan kelib chiqib, Oʼzbekistonda axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish boʼyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish, yangi loyiha va tashabbuslarni ilgari surish kutilmoqda.

 

Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар