Асосий / Янгиликлар / Janubiy Koreyada “U..
Асосий сахифага қайтиш

Janubiy Koreyada “Uzbekistan Day” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi

24.11.2019 18:11

22 - noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi  Janubiy Koreya vakilligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Seul shahrida joylashgan Hankuk chet tillari universitetida (Hankuk University of Foreign Studies) “Uzbekistan Day” nomli madaniy -ma`rifiy bayram  oʻtkazildi. 

 

Dastlab tadbirni ochib berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasining Koreya Respublikasidagi Bosh konsuli soʻzga chiqib, barcha kelgan mehmonlarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi hamda shu kunlarda yurtimizda boʻlayotgan saylovlarda Janubiy Koreyadagi yurtdoshlarimiz ham bevosita ishtirok etishlari mumkinligi haqida aytib, hududlarda tashkil etilayotgan saylov uchastkalari haqida ham qisqacha maʼlumot keltirdi.

 

Shundan soʻng Hankuk Chet Tillari Universiteti "Xalqaro talabalar boʻlimi" boʻshligʻi Mr. Sekown Oh soʻzga chiqib oʻzbek madaniyati, milliy taomlarimiz haqida iliq fikrlar bildirib oʻtdi. Shuningdek, O’zbekiston umumjahon yoshlari assotsiatsiyasi Bosh Koordinatori tashrif buyurgan barcha mehmonlarga minnatdorchilik bildirib tadbirning keyingi qismiga barchani taklif etdi. 

 

Tadbirning keyingi qismida milliy taomlarimiz kelgan mehmonlarga taqdim etildi. Tashrif buyurgan mehmonlar uchun milliy qadriyatlarimizni namoyon qiluvchi liboslar, milliyligimiz aks etgan hunarmandchilik na`munalari joy olgan koʻrgazmali burchak ham tashkil etildi. Bayramga kelgan mehmonlar tadbir soʻngida milliy kuylarimiz, raqslarimizdan bahramand boʻlishdi.

 

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati

 

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар