Асосий / Янгиликлар / Assotsiatsiya vakill..
Асосий сахифага қайтиш

Assotsiatsiya vakillari xorijda saylovoldi tadbirlarini o`tkazishda ko`mak bermoqda

02.12.2019 09:12

2019 - yil 22 – dekabr kuni bo'lib o'tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining bo`lg`usi saylovlariga sanoqli kunlar qoldi. Ayni damda saylovoldi tashviqotlari davom etmoqda.

 

Bugungi kunda 2 million 600 nafar O`zbekiston fuqarosi o`zga davlatlarda mehnat qilmoqda. Ularning 2 millon nafari Rossiyada, 350 ming nafari Qozogʼistonda, ​80 ming nafari Janubiy Koreya Respublikasida, 60 ming nafari Turkiya va boshqa mamlakatlar hissasiga toʼgʼri keladi.

 

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi elchixonalari va konsulxonalari qoshida 53 ta saylov uchastkalari tashkil etildi.  Unda xorijda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari konsullik hisobida turush-turmasliklaridan qat`iy nazar ovoz berishlari mumkin.

 

O`zbekiston fuqarolarinng 80 foizi Rossiya hissasiga tog`ri keladi. Shu bois tashkil etilgan 53 ta uchastkadan 7 tasi Rossiyada tuzildi. O`zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining xorijdagi vakilliklari ushbu muhim siyosiy tadbirni amalga oshirishda amaliy ko`mak berib kelmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligida O`zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi koordinatorlari va talabalaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi. Ular 2019 - yil 22 – dekabr kuni bo'lib o'tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining bo`lg`usi saylovlarini o`tkazishda volontyor sifatida ishtirok etishadi.

 

Qozog`istonning Olmaota va Oqtov konsulxonalari hamda Nur-Sulton elchixonasida tashkil etilgan 3 ta saylov uchaskasida o`tkaziladigan saylovlar uchun vakillik koordinatorlari tomonidan tashviqot ishlari olib borilmoqda.

 

Turkiyadagi vakilimiz Ergash Jumayev boshchiligida Turkiyada ta`lim olayotgan talabalar bilan uchrashuvlar o`tkazildi va saylovda ishtirok etish bo`yicha yo`llanma berildi, shuningdek vakillikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali savlovoldi tashviqotlari jadal olib borilmoqda.

 

Bugungi kunda Janubiy Koreyaning Seul hamda Kvanju shaharlarida saylov uchastkalari tashkil etildi. O`zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreya vakili Shohruh Jobborov boshchiligidagi bir guruh koordinator va volontyorlar savlovchilar ro`yxatini shakllantirishda hamda savlovoldi tashviqotlarida tashabbus ko`rsatib kelmoqda.

 

Angliyada koordinatorimiz tashviqot ishlarida ko`maklashmoqda. Xususan 25-noyabr kuni O`zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi O`zbekiston liberal demoratik partiyasi tomonidan o`tkazilagan targ`ibot tadbirlariga talabalar ishtiroki ta`minlandi.

 

O`zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati

 

 

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар