Асосий / Янгиликлар / "Tinchlik uchun" ata..
Асосий сахифага қайтиш

"Tinchlik uchun" atalgan sovg`alar Afg`oniston yoshlariga topshirildi

02.12.2019 23:12

Afgʻoniston yoshlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan xayriya aksiyasidan toʻplangan gumanitar yordam Assotsiatsiya delegatsiyasi tomonidan uyushtirilgan xizmat safarlari natijasida Afgʻonistoning Hirot va Balx viloyatlaridagi bir qator maktablarga tarqatildi.

 

Tashrif davomida bir qator eʼtiborga molik jihatlar muhokama etildi:

 

1. Madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari aynan Afgʻonistonda istiqomat qilayotgan etnik oʻzbeklar sof oʻzbek tilini unutib yubormasliklari uchun oʻzbek tili darsliklarini elektron shaklda taqdim etish.

 

2. Hozirda Hirot shahrida joylashgan davlat muzeyida Temuriylar davriga oid noyob qoʻlyozmalar borligi va ushbu qoʻlyozmalardan koʻchirmalar olib oʻzbek tiliga tarjima qilish.

 

3. Hirot shahridagi Temuriylar davriga oid tarixiy obidalar, xususan, Sulton Husayn Boyqaro maqbarasi abgor ahvolga kelib qolganligi va ushbu holat yuzasidan Xirot viloyati xokimi Abdul Kalom Raximi hamda “Turktabolar shurosi” tashkiloti raisi Hoji Ziyouddin Foryobi tomonidan yozilgan xat murojaatnomasi toʻgʻrisida hamda suratchi Orif Karimi tomonidan suratga olingan Hirot shahridagi Temuriylar davriga oid tarixiy obidalar, ushbu davrdan qolgan qoʻl yozmalar aks ettirilgan foto suratlar galereyasini Oʻzbekistonda tashkil etish.

 

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati

 

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар