Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Turkiyaning Samsun v..
Asosiy saxifaga qaytish

Turkiyaning Samsun viloyatida “Oʻzbekiston kuni” bo`lib o`tdi

06.12.2019 23:12

Turkiyaning Samsun viloyatida “Oʻzbekiston kuni” bo`lib o`tdi. Bugun 6 - Dekabr kuni Samsunda Oʻzbekiston tanitildi.

 

Turkiyaning Samsun viloyatida joylashgan 19 Mayis universitetining  Ataturk kongress markazida  talabalarimiz tomonidan “Oʻzbekiston kuni” tadbiri yuqori saviyada oʻtkazildi.

 

Tadbirida  xalqimiz sevgan shoir Muhammad Yusufning “Ulugʻimsan vatanim” sheʼrini oʻqib eshittirildi.Turkiyada tahsil olayotgan o`zbek talablari tomnidan  dutor cholgʻusi chalinib, ajib  kuy sadosi tadbirga  yanada ko`rarinki ruh bagishladi. Bundan avval Turkiyadagi Karabuk davlat Universitetida ham “Oʻzbekiston kuni”  tashkil etilgan edi.

 

O`zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati

 

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring