Асосий / Янгиликлар / MDH davlatlaridagi o..
Асосий сахифага қайтиш

MDH davlatlaridagi o`zbek yoshlari bilan "Ochiq muloqot" o`tkazildi

08.12.2019 00:12

Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi joriy yilning 7-dekabr kunlari Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida MDH davlatlari bilan “Ochiq muloqot” o`tkazdi.

 

"Ochiq muloqaot"da  Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatloari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, "El-yurt umidi" jamg'armasidan vakillar ishtirok etdi.

 

Mazkur onlayn videokonferentsiya Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining https://www.facebook.com/wayu.uz/ ijtimoiy tarmogʼidagi sahifasida toʼgʼridan-toʼgʼri uzatildi. Onlayn konferensiya ishtirokchilari ta`lim, diplom nostrifikatsiya, o`qishdan o`qishga ko`chirish, migratsiya hamda konsullik masalalari bo`yicha o`zlarini qiziqtirgan  savolarga javob oldilar.

 

O`zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар