Асосий / Янгиликлар / Rossiyada migrantlar..
Асосий сахифага қайтиш

Rossiyada migrantlar uchun rus, oʻzbek, tojik va qirgʻiz tillarida maslahat beradigan call-center ish boshladi

22.01.2020 12:01

Rossiyada migrantlar uchun rus, oʻzbek, tojik va qirgʻiz tillarida maslahat beradigan call-center ish boshladi. Call-markazi chet el fuqarolarining ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasiga koʻmaklashish boʻyicha ijtimoiy loyiha doirasida tashkil etilgan.

 

"Rossiya Migrantlari Federatsiyasi" Umumrossiya jamoat tashkiloti mamlakatda yashash va ishlash uchun kelgan muhojirlarga yordam berish maqsadida tashkil etgan Call-markazdan barcha muhtojlar telefon orqali malakali mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahat olishlari mumkin. 

 

Bundan tashqari, muhojirlar tibbiy yordamni qayerdan olish kerakligi, uyni qanday ijaraga olish, ish joyida shikastlanganda nima qilish kerakligi, hujjatlarni qanday rasmiylashtirish va ular yoʻqolganida nima qilish kerakligi haqidagi barcha savollarini berishlari mumkin. Ishonch telefoni xodimlari rus, oʻzbek, tojik va qirgʻiz tillarida gaplashadi. Ishonch telefonlari ish kunlari 8.00 dan 23.00 gacha va dam olish kunlari 9.00 dan 21.00 gacha ishlaydi.

 

Call-center bilan quyidagi raqamlar orqali bogʻlanish mumkin: +7 (495) 778-3288,  +7 (963) 997-4210,  +7 (926) 130-7500. 



 

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар