Асосий / Янгиликлар / O'zbekiston yoshlar ..
Асосий сахифага қайтиш

O'zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati Tomskda bo`lgan fojia yuzasidan munosabat bildirdi

22.01.2020 14:01

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o'rinbosari Farruh Omonov Tomskda bo`lgan fojia yuzasidan munosabat bildirdi. Ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga joylashtirilgan postda Rais o`rinbosari migratsiya sohasidagi muammolarni oʻrganish, tahlil qilish va hukumatga taklif berishga tayyor bo`lgan koʻngillilarni birlashishga chaqirgan.

 

Shuningdek, post orqali muammolarni o`rganish bo`yicha maxsus guruh tashkil etilishi ma`lum qilingan.

Quyida postni havola qilamiz:

 

Yana fojia, yana qurbonlar, yana uydan tirikchilik uchun chiqib, Tomskdan uyga jasadi qaytadigan Vatandoshlarimiz...

Doʻstlarimiz orasidan tashqi migratsiya sohasidagi muammolarni oʻrganish, tahlil qilish va hukumatga taklif berishga tayyor koʻngillilar boʻlsa menga murojaat qilishsin. Shu masala boʻyicha koʻngillilardan tashkil topgan bir guruh tashkil qilib imkon qadar shu muammoni oʻrganib koʻrishni maqsad qildik. Natija katta boʻlmas balki, lekin urinib koʻrish kerak.

 

O`zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар