Асосий / Янгиликлар / Koreyada o'zbekiston..
Асосий сахифага қайтиш

Koreyada o'zbekistonliklar uchun ko'p martalik turistik vizalar berish osonlashtirildi

23.01.2020 09:01

Endi Koreya universitetlarini bitirganlar ko'p marta kirib chiqish imkoni beruvchi turistik vizani oson olishlari mumkin. Viza muddati bir yil. Bir martada 30 kun turish mumkin.

 

Talab etiladigan asosiy narsa - Koreya universitetlaridan birida kamida bakalavr diplomi. Bundan tashqari bunday vizani O'zbekistonda yoki boshqa davlatda magistrlik darajasini olganlar ham olishlari mumkin.

 

C-3-1 vizasi bilan 30 kunga keluvchi "biznes viza" egalariga esa oilasini ham birga olib kelish imkoniyati berildi. Koreya hukumati O'zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun bunday ko'p martalik viza turlari uchun 10 xil toifadagi shaxslarni belgilab bergan. 

 

 

 

 

Дўстлар билан улашиш:

Шарҳ қолдириш учун илтимос шахсий профилингизга киринг

Сўнги тадбирлар

Кўпроқ тадбирлар