Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Koreya kundaligi: Ya..
Asosiy saxifaga qaytish

Koreya kundaligi: Yaponiyaga bepul viza olish tartibi qanday?

26.02.2020 10:02

Janubiy Koreyadagi o‘zbeklar uchun  Yaponiyaga sayohat qilish nisbatan osonroq – masofa yaqin, viza olish ehtimoli ham yuqori. Sayohat vizasini qo‘lga kiritish uchun 7 ta asosiy talabni bajarish va 7 kun kutish kifoya ekan.

 

Kerakli hujjatlar:
1. Pasport asl nusxasi
2. Viza ma'lumotnomasi
3. Fotosurat
4. Aviachipta va mehmonxona band qilinganini tasdiqlovchi hujjat
5. Yaponiyada barcha sayohat xarajatlarni qoplovchi pul mablag‘i ko‘rsatmasi
6. Yaponiyaga sayohat rejasi
7. Pasport va ID karta nusxasi


Hisob raqamdagi pul aylanmasi qancha bo‘lishi kerak?

Tavsiya etiladigan raqamlar quyidagicha: oylik pul aylanmasi o‘rtacha 1-2 mln von ($800-1600) bo‘lishi, bevosita sayohat oldidan esa hisob raqamda 3 mln von ($2500) atrofida mablag‘ bo‘lishi zarur.  

 

Aviachipta band qilmay turib, hujjat topshira olmaysiz

Bank bilan bog‘liq ishlar hal bo‘lgach, eng birinchi aviachipta va mehmonxonani oldindan band etish maqsadga muvofiq.
Sayyohlik agentligi xodimiga ko‘ra, agarda siz yugur-yugurlarda qatnashmay, barcha hujjatbozlik ishlari agentlik tomonidan bajarilgan taqdirda taxminan 180 dollar, talabalarga esa 140 dollar atrofida xizmat haqi olinar ekan.

 

Bepul mehmonxona topish masalasi

Bizga berishgan maslahatlar asosida, booking.com sayti orqali bepul band qilish mumkin. 
Otellardan birini tanlab, aviachipta sanalariga mos qilib xona band etish zarur. Jarayon muvaffaqiyatli amalga oshgach, buni tasdiqlovchi ma'lumotlarni A4 formatidagi varaqqa chop etib olish kerak bo‘ladi.

 

Viza anketasini to‘ldirishda nimalarga e'tibor qaratish kerak?

Ariza (application form)ga shaxsiy ma'lumotlar kiritiladi. Maxsus shablon asosida xoh kompyuterda, xoh qo‘lda yozishingiz mumkin. Ko‘plab tajribali sayohatchilar kompyuterda to‘ldirishni tavsiya etishadi. 

 

Fotosurat talabi – rasmga kulib tushing!

Bu masalani istalgan fotostudiyaga borib hal qilsa bo‘ladi. Surat belgilangan talablarga javob bersa bo‘lgani: hajmi 4,5x4,5 mm, orqa fon oq va oxirgi 6 oy ichida olingan bo‘lishi kerak. 
Shu suratingiz pasportingizga ilova qilinajak viza stikeriga tushiriladi.
Rasm tayyorlatish 12 dollarga tushdi. Elchixona uchun faqatgina 2 donasi kifoya qiladi. 

 

Pasport va ID karta

Fuqarolik pasporti va Koreya immigratsiyasi tomonidan berilgan ID kartaning nusxalari – konsullik uchun kerakli hujjat hisoblanadi. 
Barcha masalalar muvaffaqiyatli hal bo‘lgandan so‘ng, pasportning asl nusxasi idorada qoldiriladi.
Viza uchun hech qanday to‘lov yo‘q.

Roppa-rosa 7 kunda viza stikeri pasportga qadab berildi. Ruxsatnomaning amal qilish muddati – uch oy bo‘lib, kunchiqar yurtda 15 kungacha bo‘lib turish huquqini beradi.

 

@Eldor Vohidov, Kun.uz muxbiri.

Doʻstlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring