Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Muxtor Avezov nomida..
Asosiy saxifaga qaytish

Muxtor Avezov nomidagi Qozogʻiston davlat universitetidan hujjatlarni Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalariga topshirgan talabalar diqqatiga!

26.02.2020 11:02

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiga kelib tushgan murojaatlar asosida assotsiatsiya tomonidan Qozogʻiston Respublikasining Muxtor Avezov nomidagi Qozogʻiston davlat universitetidagi jarayonlar oʻrganildi.

 

Qozogʻistonda  jami 27 000 (kunduzgi — 30%, sirtqi – 70%) nafar xususan, Chimkent shahridagi oliy oʻquv yurtlarida oʻn besh mingta, birgina Muxtor Avezov universitetining oʻzida 7080 ta oʻzbekistonlik talabalar kunduzgi, sirtqi va masofaviy taʼlim olmoqda.

Universitet maʼmuriyati talabalar oʻqishni koʻchirish boʻyicha hujjatlarni olib Oʻzbekistonga topshirgandan soʻng oʻqishga qaytmayotganini aytib, oliygohning ichki tartib qoidalariga koʻra, agar  talaba oʻqishni 40 akademik soatdan oshiq qoldirsa, oʻqishdan chetlashtirishini maʼlum qildi.

 

Universitet mutasaddilarning bergan maʼlumotiga koʻra, ayrim talabalar fanlarni oxirigacha yopmay oliygohdan hujjat nusxalarni olgach, universitetga qaytib kelmagan. Ularning hujjatlarini qabul qilish boʻyicha Oʻzbekistonda muammolar yuzaga kelsa va yana Qozogʻistonda davomat 40 soatdan oshib oʻqishdan chetlashtirilsa, taʼlimni davom ettirish bilan bogʻliq ziddiyatlar kelib chiqishi mumkinligini taʼkidladi.

 

Shularni inobatga olgan holda, oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirish maqsadida arizalarni topshirgan talabalardan qoʻshni davlatlardagi oliy taʼlim muassasalarining ichki tartib–qoidalariga amal qilishlari hamda Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlariga oʻqishni koʻchirish masalasi hal boʻlgunga qadar taʼlim jarayonlarini davom ettirishlarini soʻrab qolamiz.

 

Qoʻshni davlatlardan oʻqishni koʻchirish istagidagi boʻlgan talabalarga Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan koʻrsatiladigan konsultativ xizmatdan foydalanish uchun ☎️ +(998 99) 345 55 59 ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz. Ishonch telefoniga Telegram, Imo, Instagram, Viber, WhatsApp , WeChat aloqa messenjerlari orqali murojaat qilish mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, qoʻshni davlatlar (Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston)dagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga oʻqishini respublikamiz oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz koʻchirish boʻyicha ariza qabul qilish davom etmoqda.

 

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati

 

Doʻstlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring