Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Oʻzbekistonlik hayd..
Asosiy saxifaga qaytish

Oʻzbekistonlik haydovchilariga kun bermagan qozogʻistonlik tamagirlar qoʻlga olindi

26.02.2020 11:02

Qozogʻistonda kriminal politsiya boʻlimi va Milliy xavfsizlik qoʻmitasining Turkiston viloyati boʻlimi xodimlari yuk mashina haydovchilaridan tamagirlikda gumonlanib 13 kishini qoʻlga oldi. Ular Oʻzbekiston bilan chegaradosh Qoplonbek oʻtkazish punktida noqonuniy yigʻimlar bilan shugʻullangan, deb xabar qilmoqda Sputnik.

 

Qoʻlga olinganlar mahalliy uyushgan jinoiy guruhga aʼzo boʻlishgan. Huquqni muhofaza qilish organlarining maʼlumotlariga koʻra, jinoyatchilar haydovchilardan post orqali oʻtish uchun 15 mingdan 50 ming tangagacha pul talab qilishgan. Toʻlashdan bosh tortganlarni kaltakladilar yoki fura shinalarini teshib yoki old oynalarni sindirishgan.

 

Uyushgan jinoiy guruh aʼzolarini hibsga olish boʻyicha maxsus operatsiya ertalab gumonlanuvchilarning yashash joylarida boʻlib oʻtdi. Sudgacha tergov “Tamagirlik” moddasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan, guruh aʼzolari mol-mulki musodara qilinib, 7 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

 

 

 

Doʻstlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring