Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Samarqanddan Sankt-P..
Asosiy saxifaga qaytish

Samarqanddan Sankt-Peterburggacha 840 ming soʻmga xalqaro avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyildi

26.02.2020 12:02

Mamlakatimizning turli hududlaridan Rossiya Federatsiyasiga borayotgan yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Samarqand-Toshkent-Sankt-Peterburg” yoʻnalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur yoʻnalishda ilk qatnov joriy yilning 25-fevral kunidan boshlandi. Qatnovlar kun ora amalga oshiriladi.

 

Qatnov Samarqand avtovokzalidan soat 09:00 da boshlanadi va “Toshkent” avtovokzalidan avtobus 15:00 joʻnaydi. Qatnov masofasi 4436 km.ni tashkil etadi. Yoʻlovchilar Sankt-Peterburg markaziy avtovokzaliga yetkazib qoʻyiladi. Chipta narxi Samarqanddan 840 ming Toshkentdan esa 800 ming soʻmni tashkil etadi.

 

Transport vazirligining xabariga koʻra, Rossiya Federatsiyasining boshqa shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

 

 

Doʻstlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring