Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / O‘zbekiston preziden..
Asosiy saxifaga qaytish

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlab, yoshlar siyosati masalasiga alohida to'xtaldi

24.09.2020 12:09

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlab,  yoshlar siyosati, kambag‘allikka qarshi kurash, ekologiya, inson huquqlari, mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlik va boshqa sohalarda takliflar berdi. 

 

Yoshlarga oid siyosat: 

 

"Sudlarning chinakam mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta'minlashga yo‘naltirilgan keng qamrovli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu borada muhim qonun hujjatlari qabul qilinib, mustaqil tuzilma – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. 
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jadal davom ettirilmoqda. Biz birinchi marta kambag‘allikni kamaytirish haqidagi qat'iy qarorimizni ochiq e'lon qildik.Bunga tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, investitsiya va biznes muhitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb-hunarlarga o‘rgatish va aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish orqali erishmoqdamiz.
Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etadi. Respublikamizda har bir yigit-qizning jamiyatda munosib o‘rin egallashi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda Yoshlar parlamentlari, Yoshlar ishlari agentligi faoliyat ko‘rsatmoqda." 

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring