Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / O‘zbekiston bilan Ya..
Asosiy saxifaga qaytish

O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida soliq sohasidagi Konvensiya kuchga kirmoqda

25.09.2020 10:09

2020-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya kuchga kiradi.

 

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyovning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida 2019-yil 19-dekabr kuni Tokio shahrida imzolangan.

 

Konvensiya soliq sohasida qulay shart-sharoit yaratish va soliq ma’muriyatchiligi shaffofligining xalqaro standartlariga javob beradigan ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslarini shakllantirish orqali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatni kengaytirishga qaratilgan.

 

Hozirda ikki davlat o‘rtasidagi mazkur sohadigi munosabatlar SSSR Hukumati va Yaponiya Hukumati o‘rtasida 1986-yil 18-yanvardagi daromad solig‘iga nisbatan ikki tomonlama soliqqa solishni oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya bilan tartibga solinib kelayotgan edi (Ushbu Konvensiyaga nisbatan O‘zbekistonning huquqiy vorisligi 1994-yil 17-mayda notalar almashinuvi bilan belgilangan). Yangi Konvensiya mazkur hujjatni almashtiradi.

 

Konvensiyaning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

 

Manba: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring