Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Stipendiya – 15 000 ..
Asosiy saxifaga qaytish

Stipendiya – 15 000 funt sterlinggacha, joy – 130 ta!

25.09.2020 14:09

Angliyaning Oxford University  2021-yil uchun navbatdagi Clarendon Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. 

 

Clarendon fondi har yili Oksford universiteti magistratura va doktorantura (DPhil) bosqichida ta’lim olish uchun toʻliq qoplanadigan stipendiya dasturini taqdim etadi. 

 

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:


 1 Full-time shaklida o’qishga qabul qilingan talabalar kontrakt to’lovidan butunlay ozod qilinadilar va ularga o’quv kursi nihoyasiga yetgunicha har yili 15 009 funt sterling stipendiya beriladi.
 2 part-time shaklida o’qishga kirgan talabalar ham o’qish to’lovidan ozod etiladilar. Ularga magistratura uchun yiliga 5 003 funt sterling, doktorantura (DPhil) uchun yiliga 2 502 funt sterling stipendiya beriladi.

 

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:


 1 Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
 2 Tanlangan kurs sahifasiga kiring.
 3 How to apply  sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
 4 Umumiy kirish talablarini shu yerdan, ingliz tili talablarini esa shu yerdan oʻrganib chiqing.
 5 Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
 6 Tanlangan kursga Apply sahifasi orqali ariza topshiring.
 7 Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
 8 Hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlarini  batafsil oʻrganing.
 9 Ariza topshirish uchun 75 funt-sterling ariza to’lovini amalga oshirish kerak.

 

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

 

Natijalar 2020-yil yoz oylarida eʼlon qilinadi:
Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

 

Manba

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring