Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / 5 000 AQSh dollari s..
Asosiy saxifaga qaytish

5 000 AQSh dollari stipendiya

12.10.2020 09:10

AQShning Texas shtatida joylashgan Trinity universiteti bakalavr kurslarida o'qish uchun beriladigan Semmes Distinguished Scholars in Science grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

 

Grantlar Trinity universiteti STEM yo‘nalishidagi (ya‘ni, fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga oid yo‘nalishlar) bakalavr kursida o‘qish uchun eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega talabalar uchun ajratilgan. Universitetda o‘qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro‘yxati bilan bu yerda tanishing.

 

Grantni yutib olgan talaba 4 yillik bakalavr kursi uchun o'qish to‘lovidan butunlay ozod etiladi va tadqiqot uchun qo‘shimcha 5 000 AQSh dollari mablag' taqdim etiladi.

 

Grantni yutib olish uchun bakalavr kursi va grantga 2020-yil 1-noyabrgacha hujjat topshirish kerak.

 

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

 

• Ariza to‘ldirish. Trinity universitetiga “common app”, “coalition app” yoki “ApplyTexas app” ariza tizimlari orqali ariza topshirish mumkin. Barchasi bu yerda 

 

• Grantga da‘vogarlik qilishda kerakli ma‘lumotlarni ko‘rsatish maqsadida CSS profile yoki International Student Financial Aid Application arizasi to‘ldiriladi.

 

Hujjat topshirish jarayoni bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

 

Bu yerda grant uchun ariza to‘ldiriladi.

 

• Maxsus rezyume yarating. Bu yerda  namunalar ko‘rsatilgan.

 

Savollaringiz bo‘lsa, bu yerga kirib, “contact us” bo‘limida ko‘rsatilgan shaxslar bilan bog‘laning.

 

Manba:uzbbenelux

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring