Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Rossiyadan vatandosh..
Asosiy saxifaga qaytish

Rossiyadan vatandoshlarni olib kelish uchun qoʼshimcha poyezd qatnovlari belgilandi

13.10.2020 14:10

Rossiya Federatsiyasi hududidan Oʻzbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 483/484-sonli poyezdning qoʻshimcha qatnovlari yoʻlga qoʻyildi. Poezdlar Volgograd viloyatidagi «Волжский » stantsiyasidan 15, 18, 22, 25, 28 oktabr kunlari, shuningdek, 1 va 2 noyabr kunlari soat 21:57da yoʻlga chiqadi.

 

Yoʻlovchilar poyezd chiptalarni Rossiya hududida faoliyat yuritadigan har qanday temir yoʻl kassalaridan sotib olishi mumkin. Chiptalarni sotib olishda Oʻzbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi shart.

 

Bundan tashqari, «Rossiya temir yoʻllari» kompaniyasining rasmiy veb-sahifasida, shuningdek, «Rossiya temir yoʻllari yoʻlovchilar uchun» mobil ilovasidan foydalangan holda chiptalarni rasmiylashtirish mumkin.

 

Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasining maʼlumotiga koʻra, 20 ta vagondan iborat har bir poyezd tarkibi 938 yoʻlovchini tashishga moʻljallangan. Poyezdlar Rossiya hududi boʻylab qoʻshimcha toʻxtovlarsiz harakat qiladi.

 

Bosh konsulxona COVID-19 pandemiyasi sharoitida fuqarolarning bir joyda ommaviy toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qaytish chiptasini olgan vatandoshlardan «Волжский » stantsiyasiga poyezd joʻnab ketadigan kuni kelishini soʻraydi.

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring