Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / Rossiya-O‘zbekiston ..
Asosiy saxifaga qaytish

Rossiya-O‘zbekiston maxsus poyezdlariga elektron chiptalar sotilmoqda

09.10.2020 05:10

Koronavirus pandemiyasi davrida Rossiya Federatsiyasi hududida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida 15, 18, 22, 25, 28 oktabr hamda 1, 2 noyabr kunlari Voljskiy–Toshkent yo‘nalishida poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. 

 

Voljskiydagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib https://e-ticket.railway.uz saytidan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, Internet orqali Voljskiydagi hamyurtlarimizga jo‘natishlari ham mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni Voljskiy – Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotilmoqda.

 

Qo‘shimcha maʼlumotni 1005 qisqa telefon raqami va joylardagi temir yo‘l kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkin.

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring