Uz Ru En
Asosiy / Yangiliklar / “Xavfsiz migratsiya”..
Asosiy saxifaga qaytish

“Xavfsiz migratsiya” loyihasi endigi safarini Samarqand viloyatidan boshladi

21.07.2022 11:07

Loyiha doirasida ilk oʻquv-treninglar 20-iyul kuni Samarqand viloyatning Jomboy tumanida boshlandi. Jomboy tuman hokimiyati binosida boʻlib oʻtgan tadbirda tumandagi mavjud barcha 38 mahalla yetakchilari, yoshlar, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqining tuman boʻlimlari xodimlari, umumiy hisobda 50dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Keyingi manzil Bulung'ur tumani bo'lib, tadbirda 50 dan ortiq mahalla yetakchilari va 50 ga yaqin potensial migrant yoshlar va faollar ishtirok etishdi. 

Tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining “4 moduli” tanishtirib berildi. Oʻquv-treninglarni oʻtishda, shuningdek, hamkor tashkilotlar, jumladan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali mutasaddi xodimlari ham ishtirok etdi. 

Keyingi manzil - Tayloq tumani va Samarqand shahri!

Do'stlar bilan ulashish:

Sharh qoldirish uchun iltimos shaxsiy profilingizga kiring