
Yaxshilik qiling
Xayrli ishga o‘z hissangni qo‘sh

Xayriya mablag`lari
91827 so`mXayriya loyihasi haqida
“MUSOFIR” xayriya loyihasi - xorijda mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, kelib tushgan xayriya mablag‘laridan ijtimoiy himoyaga muhtoj vatandoshlarimiz uchun moddiy yordam ko‘rsatish. Hamda, 15 sentyabr 2020 yildagi PQ-4829-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorini ijro etish. Koronavirus pandemiyasi paytida Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi “Call center”ga hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali xorijdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj vatandoshlarimiz tomonidan yordam soʻrab murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, assotsiatsiyaning Rossiya Federatsiyasidagi vakilligi va bir qator koʻngilli yoshlarimiz bilan hamkorlikda 15 aprel kuni Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qilayotgan 27 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻzbekistonlik yoshlarga, 28 aprel kuni I.P. Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg Davlat 1-Tibbiyot Universiteti 3-sonli yotoqxonasida istiqomat qilayotgan 15 nafar oʻzbekistonlik talabalarga, 26 aprel kuni Moskva shahrida joylashgan Rossiya Xalqlar Doʻstligi Universiteti va Milliy Tadqiqot Yadro Universitetida taʼlim olayotgan 100 nafar oʻzbekistonlik yoshlarga va 6 may kuni Sankt-Peterburg shahrida istiqomat qilayotgan 90 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻzbekistonlik yoshlarga zarur boʻlgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy niqob va antiseptik vositalari tarqatildi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, koronavirus paytida yordam koʻrsatishni davom ettirish hamda kelajakda xorijdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj vatandoshlarimizni doimiy moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “MUSOFIR” xayriya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xayriya loyihasi haqida ko'proq ma'lumotBo'limni tanlang
Xaritadagi aloqalar
Bu nima?So'ngi tadbirlar
Ko'proq tadbirlarOmmaviy axborot vositalari

O'zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasi

UzNews
Foydali havolalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
veb-saytga o'ting
O`zbekiston Respublikasi Hukumat portali
veb-saytga o'ting
O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi
veb-saytga o'ting
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi
veb-saytga o'ting
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
veb-saytga o'ting
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
veb-saytga o'ting
O'zbekiston yoshlar ittifoqi
veb-saytga o'ting
O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi
veb-saytga o'ting